Sedolin

Kechalari uyqusizlikdan bezovta bo'lyapsizmi? Diqqatingizni jamlay olmayapsizmi? Xotirangiz pand beryaptimi? Atrofingizdagilar sizni JIZZAKI deb hisoblashyaptimi? Stressdan chiqib ketolmayapsizmi? Kayfiyatingiz pozitivdan negativga o'zgaryaptimi? Barchasiga ISHONCHLI yechim bor!

Qo'shimcha ma'lumot
papainol
Tarkibi:
Asosiy ta'sir etuvchi dorivor o'simliklar: – Arslonquyruq – (Leonurus L); – Dorivor valeriana – (Valeriana Officinalis); – Kiyik o'ti – (Thimus Serpyllum L); – Dorivor limon o't – Melissa Oficinalis L); – Qalampir yalpiz – (Mentha piperita); – Tog'rayhon – (Origanum Vulgare). Yordamchi moddalar: Kraxmal (potato starch), saxaroza.
Qo'llanilishi:
– Аsab tizimi qo'zg'aluvchanligining oshishi;
– Normal uyqu tiziming buzulishi;
– Asabiy taranglik holatlarini yengishda;
– Yengil tinchlantiruvchi vosita sifatida.
Qo'llash usuli:
Sedolin kapsulalari ovqatdan keyin suv bilan birga ichga qabul qilinadi. – Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun 1 kapsuladan 3 mahal; – 6 yoshdan - 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga 1 kapsuladan 1 mahal. Uyqusizlik holatida 1-2 kapsuladan kechki uyqudan oldin qabul qilish tavsiya etiladi.
Nojo'ya ta'sirlar:
Ayrim komponentlarga nisbatan yuqori sezuvchanlik. Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar: 6 yoshdan kichik bolalarda. Avtomobil va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri: Avtomobil va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi. Preparatning meyoridan ortiq qabul qilinishi: Sedolin preparatining meyoridan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo'ladigan noxush holatlar kuzatilmagan. Dorixonalarda berish tartibi: Retseptsiz.
Chiqarish shakli:
Jelatin kapsulalar 30 tadan blisterlarda karton qutida qo'llash bo'yicha yo'riqnoma bilan joylangan.
Saqlash sharoiti:
Sedolin yorug'likdan himoyalangan quruq (namlik 70% dan oshmagan) +25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda, zich yopilgan holatda bolalar olmaydigan joyda saqlansin. Yaroqlilik muddati: 2 yil. Dori vositasi emas. BFQ.