
Tarkibi:
Asosiy ta'sir etuvchi dorivor o'simliklar: – Arslonquyruq – (Leonurus L); – Dorivor valeriana – (Valeriana Officinalis); – Kiyik o'ti – (Thimus Serpyllum L); – Dorivor limon o't – Melissa Oficinalis L); – Qalampir yalpiz – (Mentha piperita); – Tog'rayhon – (Origanum Vulgare). Yordamchi moddalar: Kraxmal (potato starch), saxaroza.
Qo'llanilishi:
– Аsab tizimi qo'zg'aluvchanligining oshishi;
– Normal uyqu tiziming buzulishi;
– Asabiy taranglik holatlarini yengishda;
– Yengil tinchlantiruvchi vosita sifatida.
Qo'llash usuli:
– Normal uyqu tiziming buzulishi;
– Asabiy taranglik holatlarini yengishda;
– Yengil tinchlantiruvchi vosita sifatida.
Sedolin kapsulalari ovqatdan keyin suv bilan birga ichga qabul qilinadi. – Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun 1 kapsuladan 3 mahal; – 6 yoshdan - 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga 1 kapsuladan 1 mahal. Uyqusizlik holatida 1-2 kapsuladan kechki uyqudan oldin qabul qilish tavsiya etiladi.
Nojo'ya ta'sirlar:
Ayrim komponentlarga nisbatan yuqori sezuvchanlik. Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar: 6 yoshdan kichik bolalarda. Avtomobil va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri: Avtomobil va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi. Preparatning meyoridan ortiq qabul qilinishi: Sedolin preparatining meyoridan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo'ladigan noxush holatlar kuzatilmagan. Dorixonalarda berish tartibi:
Retseptsiz.
Chiqarish shakli:
Jelatin kapsulalar 30 tadan blisterlarda karton qutida qo'llash bo'yicha yo'riqnoma bilan joylangan.
Saqlash sharoiti:
Sedolin yorug'likdan himoyalangan quruq (namlik 70% dan oshmagan) +25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda, zich yopilgan holatda bolalar olmaydigan joyda saqlansin. Yaroqlilik muddati: 2 yil. Dori vositasi emas. BFQ.